Olmaliqda maktab direktori o‘rinbosari 87 million so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
Jamiyat
−
04 noyabr 2019
6244Toshkent viloyatida Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori o‘rinbosari motodist bilan til biriktirib maktab byudjetidagi pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Gap shundaki, Olmaliq shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari va metodisti, xizmat safari hujjatlarini soxtalashtirish orqali o‘zlarining shaxsiy plastik kartalariga 87,2 mln so‘m pullarni elektron to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi