Olmaliqda ishchilarni tom bosib qolishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Olmaliq kon metallurgiya kombinati (OKMK)dagi 3-misni boyitish fabrikasi (MOF-3) qurilishida quruvchilarni tom bosib qolgani va ularning 3 nafari halok bo‘lib, 20 ga yaqin xodim og‘ir tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi. 

Holat yuzasidan FVV munosabat bildirib, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning sabablari va jabrlanuvchilar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, respublikamizda bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, tog‘li hududlarda ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulagan.

Oqibatda, uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan.

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozorida” ham savdo "naves"i qulashi holati yuz bergan. Jabrlanganlar yo‘q.  

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zbekistonliklarni qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

FVV OKMK tom bosib qolishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing