Olmaliqda erkak 7 yoshli qizni o‘g‘irlashga uringani haqidagi xabarga izoh berildi
3-sahifa
−
04 mart 2021
12691Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida bir erkak yosh qizni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lganligi haqida tarqalgan videolavha yuzasidan hokimlik munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 mart kuni fuqaro 1961 yilda tug‘ilgan M.Q. ukasi O.Q.ning “Toshkent” mahallasidagi xonadonlarning birida tug‘ilgan kunni nishonlash uchun borib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Soat 19:00 larda M.Q. uyiga qaytib kelayotgan vaqt oshqozonida qattiq og‘riq turganligi uchun “Yangi hayot” mahallasi, 27-uy yo‘lagiga kirib, zinada o‘tirib qolgan.
Shu vaqt 27-uydagi xonadonda yashovchi, voyaga yetmagan, 2014 yilda tug‘ilgan, A.I. do‘kondan tuz olib kelayotganligi va uy yo‘lagida o‘tirgan notanish shaxsni ko‘rib, qo‘rqqani sababli, ichkariga kira olmasdan turganida, dadasi J.J. kelib qolgan. J.J. bu holatni noto‘g‘ri tushungan va o‘sha joydayoq shahar IIBga murojaat qilgan. Bu holatni J.J.ning qo‘shnisi J.M. telefonda tasvirga olgan.
Shundan so‘ng, holatdan xabari bo‘lmagan holda u yerga kelib qolgan D.A. tanishi J.M.ning telefonidagi videotasvirni o‘z telefoniga ko‘chirib olib, M.Q. yosh bolalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelayotgani haqida sharh bilan telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborgan.
Fuqaro M.Q. tomonidan voyaga yetmagan A.I.ga teginilmagan, unga tan jarohati yetkazilmagan va uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilmagan. Mazkur holat bo‘yicha hozirda Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi