Olmaliqda 117,5 mlnlik metall o‘g‘rilari ushlandi 

3-sahifa

image

Olmaliqda qimmatbaho metallar o‘g‘rilari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olingan. 

Ma’lum qilinishicha, olmaliqlik X.F “Olmaliq KMK” AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U “Oltin va kumushni afinajlash sexi”ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kilogramm 435 gramm sanoat mahsuloti – shlam protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. 

Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 million so‘mlik 160.5 gramm qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro X.F Chirchiq shahrida “Olmaliq KMK” AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat metall

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing