Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga safarini yakunlab, Toshkentga qaytdi
Jamiyat
−
21 fevral 2020
5047O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.
Tashrifning ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi “Xalq kutubxonasi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini “Esonbug‘a” aeroportida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an kuzatib qo‘ydi.
LiveBarchasi