Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
29 mart 2023 10247 1 daqiqa
Kecha, 28 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ayrim sudyalari boshqa lavozimga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Sarvarbek Azimjonovich Rahmonov sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlangan.

U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Ibrohim Mirzarahimovich Alimov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shunday besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan.

U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Azamat Shodmonovich Ikromov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shunday besh yil muddatga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan.

U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati sudlari raislarining o‘rinbosarlari:
M.N.Saidov yozma arizasiga asosan Toshkent shahar sudi raisining – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan;
A.X.Shukrullayev odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilgan.