Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Jamiyat

image

Kecha, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi

1. Quyidagilar:

Bobur Norboboyevich Islamov o‘n yil muddatga;

Abdurasul G‘apporovich Eranov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi
Tanzila Norboyeva

Toshkent shahri, 2020 yil 28 fevral


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing