Oliy sud zo‘ravon sud raisi ishi bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
23 may 2019
15221Bir qator OAVda Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi Otabek Toshev shu yilning fevral oyida o‘z xizmat xonasida sud xodimi Dilshod Norovni kaltaklagani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Norovga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Navoiy viloyat ma’muriy ishlar бўйича sudi raisi Otabek Toshevga oid ommaviy axborot vositalarida e’lon қилинган ma’lumotlar yuzasidan axborot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining shu yil 20 may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi O.Toshevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnoma ma’qullangan.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Otabek Toshev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudларининг raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
LiveBarchasi