Oliy sud tuzilmasida yangi sudlov tarkibi tuziladi
Jamiyat
−
25 iyul 2020
5144Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni va raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha alohida sudlov tarkibi tuziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida qayd etildi.
2019 yilning o‘zida iqtisodiy sudlar tomonidan chet el investorlari bilan bog‘liq 3 mingga yaqin, raqobatga oid 30 dan ortiq ishlar ko‘rilgan.
Farmonga muvofiq, Ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali sud tizimiga “bir sud – bir instansiya” tamoyilini joriy etiladi.
Xususan:
• sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatiladi;
• bir sudda ishlarni ikki bosqichda (birinchi hamda apellyatsiya yoki kassatsiya) ko‘rish amaliyotiga barham beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, BMTning maxsus ma’ruzachisi D.Garsiya-Sayyan, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlar nazorat instansiyasi mavjudligini jiddiy tanqid qilgan.
2019 yilning o‘zida ayni bir viloyat sudida birinchi va apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasida ko‘rilgan ishlarning 13 mingga yaqini Oliy sudda o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan.
LiveBarchasi