Oliy sud tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Jamiyat

image

Oybek A’zamjonovich Barakaboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 16 avgust kuni Oliy Majlis Senatining 55-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Oybek A’zamjonovich Barakaboyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud tarkib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made