Oliy sud Samandar Qo‘qonovni oqlamadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan sobiq deputat Samandar Qo‘qonov Shavkat Mirziyoyev Prezident bo‘lgach, ozodlikka chiqib, oilasi bag‘riga qaytgan edi. 

1945 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan Qo‘qonov joriy yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga oqlashni so‘rab kassatsiya tartibida murojaat qilgan. O‘tgan vaqt mobaynida uning murojaati ko‘rib chiqilib, oqlov qondirilmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xodimi Aziz Abidov ma’lum qildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga oqlashni so‘rab kassatsiya tartibida shikoyat keltirgan.

Samandar Qo‘qonov O‘zbekiston Respublikasi xalq deputati bo‘lgan, “Toshtransneftmahsulot” UK direktori lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 1994 yil 23 avgust hukmiga ko‘ra, 1959 yil tahriridagi Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

2019 yil 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 1994 yil 23 avgustdagi hukmi o‘zgartirilgan.

Ushbu ajrimga ko‘ra Samandar Qo‘qonovning ayblovidan bir necha moddalar chiqarildi, boshqa moddalar bilan tayinlangan jazolar o‘zgarishsiz qoldirildi, qolgan moddalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga (1994 yil tahrirdagi) muvofiq qayta kvalifikatsiya qilindi. Samandar Qo‘qonovga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Samandar Qo‘qonov jazoni to‘liq o‘tagani inobatga olingan. 

Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirildgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud Samandar Qo'qonov

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing