Oliy sud raisi Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan mukofotlandi
Jamiyat
−
12 mart 2020
4714O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozim Komilov Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Medalni tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin topshirdi.
Oliy sud raisi va Tergov qo‘mitasi raisi o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berilgan.
Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi sud hokimiyatining mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishdan iborat.
Uchrashuv doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.
LiveBarchasi