Rossiyada o‘lim jazosini tiklash taklif qilindi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mamlakatda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun konstitutsiyani o‘zgartirish va referendum o‘tkazishning hojati yo‘q, faqat Prezident Vladimir Putinning farmoni yetarli bo‘ladi.

Bastrikinning fikricha, Rossiyada og‘ir jinoyatlar soni ortib borayotganini hisobga olib, o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilish kerak. Bu, birinchi navbatda, iqtisodiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim. Chunki davlat mahbuslarni qamoqxonalarda saqlash uchun katta mablag‘ sarflashga majbur bo‘lyapti.

Tergov qo‘mitasi rahbarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bir mahkumni boqish yiliga 30 ming rublni tashkil qiladi. U buni xavfsizlik, koloniyalarning katta sonini saqlash va mahbuslarni davolash hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni o‘z ichiga olishini aytgan.

“Biz bu summani umrbod qamoqda o‘tirgan har bir kishi soniga ko‘paytirsak, juda katta byudjet ketib qoladi”, degan Bastrikin. 

Shuningdek, u o‘lim jazosini qaytarish haqidagi taklifini insonparvarlikka intilish bilan izohlagan. 

“70, 80, 100 kishini o‘ldirgan shaxs o‘lim jazosiga hukm qilinsa, bu juda insoniy harakat bo‘lar edi”, degan u 145 kishi qurbon bo‘lgan “Krokus Siti Hall”dagi teraktni eslab.

Ma’lumot uchun, Rossiyada o‘lim jazosi rasmiy ravishda bekor qilinmagan. Faqat 1999 yildan beri unga nisbatan muddatsiz moratoriy amal qiladi. Bu Yevropa Kengashiga kirishning asosiy shartlaridan biri edi. Rossiya tashkilotni Ukrainada urush boshlanganidan keyin — 2022 yilning mart oyida tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'lim jazosi mahbus Aleksandr Bastrikin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing