Oliy sud ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
18 avgust 10185 1 daqiqa
So‘nggi kunlarda Telegram messenjeri foydalanuvchilariga noma’lum profillardan APK kengaytmali fayl shaklida “sud qarori” kelmoqda. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov mazkur fayllar yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, fuqarolardan Telegram orqali yuborilayotgan shubhali fayllarni yuklamaslik va ochmaslik so‘ralmoqda.

Bildirilishicha, sudlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan chiqarilgan qarorlar bunday tarzda yuborilmaydi.
“Kiberfiribgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang!” deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, odatda APK kengaytmali shubhali fayllar firibgarlar tomonidan yuboriladi va ularga maxsus virus dasturlar biriktirilgan bo‘ladi. Virus dasturlar telefon qurilmasidagi turli ma’lumotlar, jumladan, telefon raqamlari, bank kartasi ma’lumotlarini o‘g‘irlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank fuqarolar o‘zining mobil ilovadagi akkauntini boshqarish huquqini beruvchi login va parol hamda telefon raqamiga kelgan bir martalik OTP kodni begona shaxslarga (firibgarlarga) berib qo‘ysa yoki messenjerlar orqali tarqalayotgan zararli APK fayllarni mobil qurilmaga o‘rnatsa, uning bank kartasidan noqonuniy ravishda pul yechib olinishi mumkinligidan ogohlantirgandi.