Oliy sud qarori AQSHni 150 yil ortga uloqtirdi – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 24 iyun kuni AQSH Oliy sudining abort qilish konstitutsiyaviy huquqini olib tashlash haqidagi qarorini tanqid qildi. Amerika rahbarining aytishicha, bu harakat mamlakatni 150 yil orqaga qaytardi.

“Sud 1800-yillarga borib taqaladigan abortni jinoyat deb hisoblaydigan shtat qonunlarini ishlab chiqdi. Sud Amerikani tom ma’noda 150 yil orqaga qaytardi. Bu mamlakat uchun qayg‘uli kun, ammo bu kurash tugagan degani emas”, degan Oq uy rahbari matbuot anjumanida.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayollar “o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqiga ega. 

“Ochig‘ini aytaylik – bu mamlakatda ayollarning salomatligi va hayoti endi xavf ostida”, deya qo‘shimcha qilgan u.

AQSH Oliy sudi 1973 yilda konstitutsiyaviy kafolatlangan abort huquqini o‘rnatgan mashhur "Rou Ueydga qarshi" ishi bo‘yicha qarorni bekor qildi. Oliy sudning 9 a’zosidan olti nafari abort qilish huquqini kafolatlanganlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz bergan.

Shu bilan birga, Oliy sud abortga ruxsat berish masalasini shtatlarning ixtiyoriga qoldirgan.

1973 yildagi AQSH Oliy sudi “Rou Ueydga qarshi” ishi bo‘yicha qaror qabul qilgan, unga ko‘ra homilada hayotiy belgilar shakllanmaguncha, davlat ayolning abort qilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy sud qaroridan keyin mahkama oldida asosan ayollardan iborat norozilik namoyishi o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden abort

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing