Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Yunusobod tuman ma’muriy sudida ko‘rilishi boshlangan ma’muriy ish yuzasidan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Odamlar xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lishi maqsadida Oliy sud Matbuot xizmati ish yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning may oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi vakillari “Torimed Pharm” (Galaxy) MCHJga nisbatan “Golgate-Palmalive (Colgate) kompaniyasining tovar belgisi bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilingan.

Unga ko‘ra, “Torimed Pharm” (Galaxy) MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisi talablarini buzganligi qayd etilgan. Ya’ni kompaniya insofsiz raqobatchi deb topilgan.

Shuningdek, MCHJga qonunbuzilish holatini bartaraf  etish, kelgusida shu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik yuklatilgan. Mabodo, MCHJ boshqarma qaroridan norozi bo‘lsa, tegishli tartibda sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

“Torimed Pharm” (Galaxy) MCHJ o‘z huquqidan foydalanib, mazkur qaror yuzasidan sudga murojaat qilgan.

Arizachi “Dentafill Plus” MCHJ (“Torimed Pharm”ning huquqiy vorisi) javobgar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan Yashnobod tuman ma’muriy sudiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Yashnobod tuman ma’muriy sudida ish hajmi ko‘pligi sababli ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun Yunusobod tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Sud majlisi 2019 yil 28 iyun kuniga tayinlanib, ishni mazmunan ko‘rish boshlangan. Ayni chog‘da belgilangan tartibda hujjatlarni talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2019 yil 4 iyul kuni soat 11:00 ga qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud Monopoliyaga qarshi qo'mita

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing