Oliy sud binosida 66 yoshli fuqaro vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 3 avgust kuni Oliy sudning kutish zalida 66 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida soat 09:15 dagi sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan. 

Sud majlisi o‘z vaqtida boshlangan bo‘lib, kotib taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M.A. bexush holda yotganini ko‘rgan. Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. 

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M.A. hayotdan ko‘z yumgani aniqlangan.

Ularning bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M.A.ning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud kassatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing