Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga o‘rinbosar saylandi
Jamiyat
−
15 avgust 2023
4671Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga o‘rinbosar saylandi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 avgust kuni deputatlar Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan. Muhokamalardan so‘ng Bekzod Narimonov mazkur lavozimga saylangan va bu haqdagi qaror Senatga yuborilgan.
“Konstitutsiyaning 93-moddasi birinchi qismining 16-bandi hamda “Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga asosan Bekzod Narimonovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Narimonov bunga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan, u yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.
LiveBarchasi