Olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan maktablar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17 iyundagi 4359-sonli qarori asosida 2019/2020 o‘quv yilida respublika OTM bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametlaridan davlat granti asosidagi qabul doirasida xalq ta’lim sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. 

Bunda respublikamizning 9 ta hududidagi 48 ta tuman (shahar)ning olis, chekka va tog‘li hududlarida joylashgan maktablarni oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan maqsadli qabul uchun jami 815 ta o‘rin ajratiladi. 

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 61 ta: To‘rtko‘l, Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Ellikqal’a tumanlari uchun

2. Buxoro viloyati – 53 ta: Romiton, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon tumanlari uchun

3. Jizzax viloyati – 94 ta: Forish, Baxmal, Zomin, Yangiobod, G‘allaorol tumanlari uchun

4. Qashqadaryo viloyati – 140 ta: Kitob, Dehqonobod, Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Yakkabog‘, Qamashi, Shahrisabz tumanlari uchun
   
5. Navoiy viloyati - 9 ta: Nurota tumani, Zarafshon shahri uchun

6. Samarqand viloyati – 182  ta: Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Ishtixon, Pastdarg‘om, Payariq, Paxtachi, Narpay tumanlari uchun

7. Surxondaryo viloyati - 155 ta: Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Sherobod, Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlari uchun
  
8.  Toshkent viloyati - 86 ta: Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Ohangaron, Chinoz tumanlari uchun  

9. Farg‘ona viloyati – 35 ta: Rishton, Farg‘ona, So‘x tumanlari uchun


Maqola muallifi

Teglar

OTM chekka va tog'li hududlar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing