Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiya to‘lanadi
Jamiyat
−
12 iyun 2021
4441Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidentining “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan:
belgilangan tumanlarda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga:
• har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
• “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
• davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi;
• 2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
LiveBarchasi