Olimpiya o‘yinlari rasman yakuniga yetdi

Sport

image

Kecha, 22 fevral kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim Veronadagi “Arena di Verona” amfiteatrida o‘tkazildi. Shu tariqa 2026 yilgi Olimpiada rasman yakuniga yetdi.

Musobaqalar davomida jami 116 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshirildi. O‘zbekiston delegatsiyasida ikki nafar sportchi Daniil Yeybog va Medet Nazarov short-trek hamda tog‘ chang‘isi dasturlarida musobaqalarda ishtirok etdi va medallar uchun kurashda raqiblariga imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Umumiy medallar hisobida Norvegiya yetakchilik qildi. Norvegiyalik sportchilar bitta qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida eng ko‘p oltin medal qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi 2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyada bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Norvegiya yopilish marosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing