“Olimpiya go‘zali”ning chempionlik libosi sotuvga chiqarildi

Sport

image

Italiyada bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan niderlandiyalik konkida uchuvchi, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Olimpiya go‘zali” sifatida tanilgan Yutta Lerdam kiygan kombinezon onlayn savdo platformasida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, sportchining imzosi tushirilgan poyga formasi ayni paytda 3300 yevroga taklif qilinmoqda. Bu narx boshqa niderlandiyalik sportchilarning sotuvga qo‘yilgan kiyimlariga nisbatan ancha yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Qayd etish joiz, joriy yilning 9 fevral kuni Yutta qishki Olimpiyadaning 1000 metr masofaga konkida uchish bahslarida g‘olib chiqqandi. Musobaqaning final bahsida niderlandiyalik sportchilar o‘rtasida duel kuzatildi. Musobaqaning asosiy favoritlari hisoblangan Femke Kok finalda hamyurti Yutta Lerdam bilan bahslashdi. Dastlab muzga chiqqan Femke Kok Olimpiya rekordini yangiladi. Biroq, oradan atigi besh daqiqa o‘tib, startga chiqqan Lerdam hamyurtining natijasini ortda qoldirib, yangi rekord o‘rnatdi – 1:12.31. 

Shu tariqa Yutta Lerdam 1000 metr masofadagi bahslarda Olimpiya chempionligi hamda yangi rekord sohibasiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

sotuv “Olimpiya go'zali” chempionlik libosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing