“Olimpik” futbolchisi Rossiya jamoasiga o‘tdi

Sport

image

O‘zbekistonlik 22 yoshli futbolchi Ruslanbek Jiyanov Rossiyaning “Pari NN” klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujumchi rasman Nijniy Novgorodning Pari shahri jamoasi a’zosi bo‘lsada, mavsum so‘ngiga qadar “Olimpik” klubida ijara asosida o‘ynab turadi.

“Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining narxi 450 ming yevro deb baholangan.

Ma’lumot uchun, Jiyanov 2022/2023 yilgi mavsumda O‘zbekiston Superligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u yoshlar terma jamoasi (U23) bilan birgalikda Osiyo Kubogi finaliga qadar yetib borgan.

Ruslanbek 2022 yilning noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:0) debyut o‘yinini o‘tkazgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Olimpik Ruslanbek Jiyanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing