Infantino tashrifiga arzigan o‘yinda kameralar yana kimlarni “nishon”ga oldi? (fotoreportaj)

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoning O‘zbekistonga qilgan safari yakunlandi. Joriy yilning 6 may kuni Infantino O‘zbekiston chempionati 9-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Olimpik” uchrashuviga tashrif buyurdi.

O‘yin boshlanganidan biroz vaqt o‘tgach, FIFA prezidenti “Bunyodkor” stadioniga yetib keldi. Unga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, vitse-prezident Ravshan Ermatov va Odil Ahmedov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev hamrohlik qildi.

Stadion suxandoni tomonidan arenaga FIFA prezidenti tashrif buyurgani aytildi va Infantino ishqibozlarga qo‘lini silkitib, qaynoq salomlarini yo‘lladi.

O‘yin davomida O‘zbekiston muxlislar jamiyati rahbari Abdurahmon Fozilov ishqibozlarning faolligiga bosh-qosh bo‘lib turdi.

Barcha mutasaddiyu muxlislar bahsdagi epizodlarni katta qiziqish bilan kuzatib bordi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bahs yakunida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Bunyodkor Olimpik FIFA prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing