Olimpiadaning o‘n birinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 17 fevral kuni Italiyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining rasmiy 11-musobaqa kuni yakunlandi. Kun doirasida sportchilar oltita sport turi (biatlon, bobsley, shimoliy qo‘shkurash, konkida uchish, snoubord hamda erkin chang‘i sporti) bo‘yicha to‘qqizta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi. 

Kun yakunlariga ko‘ra, Norvegiya jamoasi jami 31 ta medal (14 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza) bilan medallar jamg‘arish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Italiya jamoasi ham 24 ta medal (9 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. AQSH jamoasi esa 21 ta medal (6 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza) bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 14 oltin, 8 kumush, 9 bronza;
  • Italiya   – 9 oltin, 4 kumush, 11 bronza;
  • AQSH – 6 oltin, 10 kumush, 5 bronza;
  • Niderlandiya – 6 oltin, 6 kumush, 1 bronza;
  • Germaniya – 5 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
  • Avstriya  – 5 oltin, 8 kumush, 4 bronza;
  • Fransiya  – 5 oltin, 7 kumush, 4 bronza;
  •  Shvetsiya – 5 oltin, 5 kumush, 2 bronza;
  •  Shveysariya  – 5 oltin, 2 kumush, 3 bronza;

Yaponiya – 4 oltin, 5 kumush 10 bronza.

Olimpiadaning 12 kungi bahslarida o‘zbekistonlik Danil Yeybor short-trek bo‘yicha 500 metr masofadagi bahslarda  ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Norvegiya medallar reytingi Danil Eybor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing