Olimpiadaning dastlabki bellashuvlariga start berildi
Sport
−
21 iyul 2021
2202Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk bellashuvlariga start berildi. Rasmiy ochilish marosimiga 2 kun vaqt qolgan bo‘lsa ham bugun, 21 iyul kunidan bir qator yo‘nalishlarda saralash bellashuvlari boshlandi.
Olimpiya o‘yinlarining ilk bahsi musobaqa dasturiga qo‘shilgan yangi sport turi — beysbol bo‘yicha o‘tkazildi. Unda Avstraliya va Yaponiya ayollar jamoalari bahs olib bordi. Mezbonlarning katta ustunligida o‘tgan bellashuv 8:1 hisobida kunchiqar yurt vakillarining foydasiga hal bo‘ldi.
Shuningdek, kun davomida beysboldan tashqari ayollar futboli bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘rin olgan.
Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.