Olimpiadaning to‘rtinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytinggi qanday?
Sport
−
11 fevral 1973 2 daqiqa
Kecha, 10 fevral kuni Italiyaning Milan va Kortina shaharlarida o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarining 4-kungi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Hozirgi vaqtda medallar jamg‘arish bo‘yicha Norvegiya delegatsiyasi yetakchilik qilmoqda – ularning hisobida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bor.
Milan-Kortina qishki Olimpiya o‘yinlarida musobaqalarning to‘rtinchi kunidan so‘ng Germaniya delegatsiyasi Norvegiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularning hisobida hozircha 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medal mavjud.
Shvetsiya delegatsiyasi esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan kuchli uchlikka yakun yasab turibdi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:
- Norvegiya – 6 oltin, 2 kumush, 4 bronza;
- Germaniya – 3 oltin, 2 kumush, 1 bronza;
- Shvetsiya – 3 oltin, 2 kumush, 1 bronza;
- Shveysariya – 3 oltin, 1 kumush, 1 bronza;
- AQSH – 2 oltin, 3 kumush, 2 bronza;
- Avstriya – 2 oltin, 3 kumush;
- Italiya – 2 oltin, 2 kumush, 7 bronza;
- Yaponiya – 2 oltin, 2 kumush, 4 bronza;
- Fransiya – 1 oltin, 2 kumush;
- Chexiya – 1 oltin, 2 kumush.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ikki nafar sportchi mamlakat sharafini himoya qilmoqda. Jumladan, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofasi bo‘yicha qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etmoqda. Joriy yilning 14 fevral kuni Yeybog 500 metr masofaga kechadigan poyga saralashida startga chiqadi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust