Olimpiadani o‘tkazish ikki yil orqaga surilishi mumkin
Sport
−
11 mart 2020
4998Yoz oyida Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari koronavirusning global epidemiyasi sababli xavf ostida qolmoqda.
Daily Mail nashrining yozishicha, musobaqani ikki yil ortga qoldirib yuborish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Yaponiya tashkiliy ishlar qo‘mitasi vakili Xaruyuki Takaxashining so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishi musobaqani to‘liq bekor qilish imkoniyatini oshirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining kam moliyaviy yo‘qotishlariga olib keladi.
Olimpiya o‘yinlari-2020 ijroiya qo‘mitasi, o‘z navbatida, turnir jadval bo‘yicha - 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishini rejalashtirgan.
COVID-2019 koronavirusi birinchi marta 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallik tufayli to‘rt mingdan ortiq odam vafot etdi. 65 ming kishi esa shifo topdi. Virusga chalinganlarning umumiy soni 117 mingdan oshdi. Koronavirus bugunga kunga qadar Yevropaning barcha davlatiga kirib bordi. Umumiy hisobda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida u qayd etildi.
LiveBarchasi