Olimpiada o‘yinlariga 20 ming harbiy safarbar qilinadi
Sport
−
17 yanvar 2024 3043 1 daqiqa
Fransiya 2024 yil yozida Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun foydalaniladigan harbiy kontingentni 20 ming kishiga yetkazadi. Bu haqda Fransiya axborot agentligi xabar berdi.
“Olimpiada o‘yinlari mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim voqea bo‘ladi. Biz qurolli kuchlar va quruqlikdagi qo‘shinlardan qariyb 20 ming nafar erkak va ayolni musobaqalar hududiga joylashtiramiz”, deydi Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘i Per Shill.
Shillning aniqlik kiritishicha, harbiylar butun mamlakat bo‘ylab Olimpiya mash’alasi estafetasi ishtirokchilariga hamrohlik qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqa davomida ular politsiya, jandarmeriya va mamlakat ichidagi boshqa xizmatlarga yordam beradi. Harbiylar qo‘riqlaydigan eng muhim nuqtalardan biri Senadagi daryo porti hisoblanadi. Bir necha ming askar Parijning sharqida, Bua-de-Vinsen yaqinidagi Reyli hududidagi dala lageriga joylashtiriladi.
2023 yil noyabrida Parij metropoliteni xavfsizligi uchun mas’ul general Kristof Abad O‘yinlarda tartibni saqlashga 15 minggacha harbiy xizmatchilar jalb etilishini ma’lum qilgan edi. Keyin u 15 ming harbiy xizmatchidan 10 nafari poytaxt Il-de-Frans viloyatiga joylashtirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u o‘yinlardagi musobaqalar vaqtida Parijning 12-okrugida 5 ming harbiy xizmatchi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi