Olimpiada sovrindori oilasi bilan Prezident sovg‘a qilgan uyga bordi
Sport
−
10 avgust 2021
35143Bugun, 10 avgust kuni dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan birgalikda yangi xonadoniga tashrif buyurdi.
Bobonov Milliy Olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki xonali uy va Trailblazer avtomobili bilan taqdirlangan edi.
“Olimpiya o‘yinlarida sportchilar o‘z yurti, nomi, oilasi sharafini himoya qiladi. Mening vatanim uchun ko‘rsatgan mana shunday kichik xizmatim mana shunday baholanganidan juda ham baxtiyorman. Kelgusi Olimpiya o‘yinlarida bu menga juda katta motivatsiya beradi”, dedi Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning eng yaxshi sportchisi Davlat Bobonov Tokio Olimpiadasida -90 kg vazn toifasida turkiyalik Mixael Zgankni “ippon” bahosi evaziga mag‘lub etib, bronza medalga sazovor bo‘lgan edi.