Olimpiada siyosiy manipulyatsiya sahnasi emas – Xitoy boykotchilarga javob qaytardi

Sport

image
AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi north_east

AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi

Xitoy AQSH va Yangi Zelandiyaning Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilish qaroriga javoban qat’iy choralar ko‘radi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.

“AQSHning xatti-harakatlari Olimpiya Xartiyasida belgilangan jismoniy tarbiya va sportning siyosiy betarafligi tamoyilini jiddiy tarzda buzadi. Xitoy Qo‘shma Shtatlarga o‘zining keskin noroziligini bildiradi, qat’iy javob choralarini ko‘radi”, deydi Litszyan.

U qanday choralar ko‘rilishini aniq aytmagan, biroq AQSH o‘zining noto‘g‘ri harakatlari uchun javob berishini ta’kidlab, dunyo hamjamiyatini ma’lumotlarni kuzatib borishga chaqirdi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Olimpiya o‘yinlari “siyosiy manipulyatsiya sahnasi emas”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonga taklif bo‘lmagani uchun Amerika tomoni Olimpiadaga rasmiylarni jo‘natmaslikka qaror qilgan va buni Shinjondagi inson huquqlari muammosi bilan bog‘lagan.

“Amerika bu faktlarni buzib ko‘rsatgan va o‘z-o‘zini aldagan. AQSHning siyosiy rejasi qo‘llab-quvvatlanmaydi va barbod bo‘lishga mahkum. Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari butun dunyo sportchilari va muxlislar uchun tantanali voqea. AQSH sportni siyosiylashtirmasligi, Pekin Olimpiadasiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar va bayonotlarni to‘xtatishi kerak, aks holda bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning qator yo‘nalishlariga, shuningdek, mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha muloqotga putur yetkazadi”, deydi Xitoy vakili.

Dunyo hamjamiyati va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xitoyning Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishdagi faoliyatini yuqori baholagan. Litszyanning ma’lumotlarga ko‘ra, xorijlik sportchilar, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan juda ko‘plab vakillar Pekindagi musobaqalarda qatnashishni intiqlik bilan kutmoqda. 

“Biz ishonamizki, Olimpiada ruhi va barcha tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli Xitoy, albatta, dunyoga xavfsiz va ta’sirli Olimpiya o‘yinlarini taqdim eta oladi”, deya aytib o‘tgan Chin yurti Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

Bundan tashqari, Xitoy butun dunyodan sportchilarni Pekin Olimpiadasiga taklif qiladi va barcha tomonlar birdamlik ruhini saqlab, sportni siyosiylashtirishni bas qilishiga umid qiladi. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yangi Zelandiya siyosatchilarining 2022 yilgi o‘yinlarga bormaslik haqidagi qaroriga ham izoh berdi:

“Pekin qishki Olimpiadasi butun dunyo sportchilari va sport ixlosmandlari uchun tantanali tadbirdir. Biz xorijlik sportchilarni, jumladan, Yangi Zelandiya sportchilarini ham o‘yinlarda ishtirok etishlarini kutib qolamiz. Umid qilamizki, barcha tomonlar Olimpiada birligi ruhiga amal qiladi va sportni siyosiylashtirishni to‘xtatadi. Asosiy e’tibor boykotga chaqirganlarga emas, balki sportchilarga qaratilishi kerak. Rasmiylarning kelish-kelmasligi bilan hech kimning ishi yo‘q. Bu O‘yinlarning muammosiz, xavfsiz va ajoyib o‘tishiga zarracha ta’sir qilmaydi”.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Yangi Zelandiya Olimpiya o'yinlari Pekin

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing