AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi

Sport

image

AQSH rasmiylari 2022 yilgi Pekin Olimpiadasiga bormaydi. Bu haqda  Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki kecha, 6 dekabr kuni brifingda ma’lum qildi.

“Bayden ma’muriyati 2022 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga diplomatik vakillar yoki boshqa rasmiylarni yubormaydi”, degan Psaki.

Uning qayd etishicha, Vashington XXR Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida inson huquqlarini poymol etyapti, deb hisoblab, shunday qarorga kelgan.

“Ammo AQSH terma jamoasi va sportchilar bizning to‘liq yordamimizni oladi, biz o‘zimiz uyda qolib, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Oq uy vakili.

Uning ta’kidlashicha, gap 1980 yildagi voqealarning takrorlanishi haqida bormayapti. O‘shanda AQSH va boshqa bir qator davlatlar Moskvadagi Olimpiadaga sportchilarni yubormasdan boykot qilgan.

2022 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Olimpiada

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing