Olimlar koronavirusni uyda davolash imkonini beruvchi ingalyator ixtiro qildi
Salomatlik
−
21 iyun 2020
14089Britaniyada Sautgempton universiteti olimlari koronavirusni uyda davolash uchun mo‘ljallangan ingalyatorni kashf etishdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qurilma kasallikning erta bosqichida terapiya uchun mo‘ljallangan. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, agar COVID-19 vaqtida davolanilsa, o‘ta jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.
Bunday ingalyator koronavirusga qarshi kurashda yaxshi samara berishiga umid qilinyapti. Negaki hozir bu virus faqatgina shifoxonalarda davolanyapti.
Ingalyator yordamida eksperimental dori vositasi qo‘llaniladi. Bemor nafas olganda dori o‘pkaga tushib, immun tizimning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi. Olimlarning aytishicha, SNG-001 nomli preparat dori o‘rnida foydalaniladi. U mayda chang zarralaridan iborat bo‘lib, o‘pkaga chuqur kira oladi.
Tadqiqot chog‘ida ingalyator koronavirusning ilk alomatlari paydo bo‘lgandan so‘ng 72 soat davomida bemorlarga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusning yengil shakliga chalingan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlarni uyda davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi