Britaniya ham Ahmad ash-Sharani “qora ro‘yxat”dan chiqardi
Olam
−
08 noyabr 1204 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara va mamlakat Ichki ishlar vaziri Anas Xattobdan sanksiyalarni olib tashladi. Bu haqda qirollik Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatda keltirilgan.
Suriyaning ikkala lideri ham kecha, 7 noyabr kuni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilgan.
“Quyidagi shaxslar yagona ro‘yxatdan chiqarildi va endi ularning aktivlari muzlatib qo‘yilmaydi: Ahmad Husayn ash-Shara, Anas Hasan Xattob”, deyiladi hujjatda.
6 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi ham Ahmad ash-Shara va Anas Xattobdan sanksiyalarni olib tashlagan edi. AQSH tomonidan kiritilgan rezolyutsiya uchun 15 a’zodan 14 nafari ovoz bergan, Xitoy ovoz berishdan tiyilgan.
Joriy yilning mart oyida esa Buyuk Britaniya Suriyaning 24 ta tashkilotidan, jumladan Markaziy bank, bir qator banklar va neft kompaniyalaridan sanksiyalarni olib tashlagan. Oktyabrda qirollik “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan ham chiqarib tashladi.
Ma’lumot uchun, Ahmad ash-Shara 2024 yil oxirida Bashar Asadni ag‘darib, prezidentlikka kelgan. U 2003 yilda Iroqda AQSH yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qarshi kurashishda “Al-Qoida”ga qo‘shilgan. 2006 yilda AQSH harbiylari tomonidan hibsga olingan va 5 yil Iroq qamoqxonalarida qolgan.
Live
Barchasi