Olimlar koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qilish yo‘lini aniqladi
Olam
−
13 dekabr 2020
19799Rux yoki qalay moddalarini o‘z ichiga olgan tish pastalari ikki daqiqa ichida koronavirusni 99,9 foizga yo‘q qilishi mumkin. Amerikalik olimlarning tadqiqotlari natijalari Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasining tibbiy jurnali “British Dental Journal”da e’lon qilindi.
Tish pastasidan tashqari, setilpiridiniyum xlorid bilan og‘izni chayish koronavirusni yo‘q qilishi aniqlangan. Bu unsurni tish pastalari va tomoqqa sepiladigan spreylar tarkibida ham uchratish mumkin.
“Setilpiridiniyum xloridli chayishlar 30 soniya davomida og‘iz ichidagi koronavirusni deyarli yo‘q qildi”, deb yozadi nashr.
Tadqiqot Nyu-Jersi shtatidagi Rutgers nomli tibbiyot maktabi va mintaqaviy bioxavfsizlik laboratoriyalari tomonidan olib borilgan.
“Setilpiridiniyum xloridning xossalaridan COVID-19 ni davolash uchun emas, balki uning oldini olish uchun foydalanish kerak, chunki modda og‘izda koronavirus kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin”, deydi markazning bosh tadqiqotchisi – tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn.
Uning so‘zlariga ko‘ra, setilpiridiniyum xlorid SARS-CoV-2 virusining lipidli konvertini eritib yuboradi va bu uni yo‘q qilishga olib keladi. Shuning uchun COVID-19 bilan kasallangan bemor, albatta, og‘iz yuvish vositasidan foydalanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shotlandiyaning Edinburg universiteti olimlari koronavirusga chalinganlarning o‘lim xavfini oshiradigan omilni aniqlagandi.
LiveBarchasi