Olimlar qarishni to‘xtatadigan dorini topdi

Bu qiziq

image

Yaponiyalik olimlar qarishni to‘xtata oladigan va tanani yoshartiradigan dorini aniqladi. 

Tokio universitetining Tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti professori Makoto Nakanisiga ko‘ra, kelasi besh-o‘n yillikda ushbu doridan foydalanish boshlanishi mumkin. 

Qayd etilishicha, yoshga bog‘liq qarish organlarda yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atadigan hujayralar to‘planishi bilan bog‘liq. Ushbu hujayralardan biri qarigan yoki senessent hujayra deb nomlanadi. 

Aynan ular vaqt o‘tishi bilan bo‘linish qobiliyatini yo‘qotib, organlarda to‘planadi va qarishga olib keladi. 

"Agar bu hujayralar olib tashlansa, ular qo‘zg‘atadigan yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatish va natijada qarish alomatlarini sezilarli yaxshilanishiga erishish mumkin bo‘ladi", deb tushuntirgan olim. 

Aniqlanishicha, qarigan hujayralar glutaminni glutamik kislotaga aylantiradigan GLS1 fermentiga muhtoj ekan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu fermentning ingibitoridan foydalanish orqali qarishni qo‘zg‘atadigan hujayralarni yo‘q qilish mumkin. 

Ushbu gipotezani sinab ko‘rish uchun olimlar qari sichqonchada tajriba o‘tkazgan. Natijada sichqonchaning buyraklari, jigari va o‘pkalari ishlashi yaxshilangan va umuman uning tanasi kuchaygani sezilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dori qarilik

Baholaganlar

731

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing