Olimlar ikkinchi to‘lqinning asosiy xususiyatini aytishdi
Salomatlik
−
24 Oktabr 2020 15042 1 daqiqa
SARS-SoV-2 koronavirusining og‘ir formasiga chalingan bemorlar ikkinchi to‘lqinda tezroq vafot etadi. Bu haqda
Buyuk Britaniyalik olimlar ma’lum qilishdi.
Ular tadqiqotlarida 76 ming 700 nafar britaniyalik bemorning ma’lumotlariga asoslanishgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, pandemiya boshlanganidan 1 avgustgacha bo‘lgan davrda koronavirus aniqlangan bemorlar odatda, oradan 13 kun o‘tib, vafot etishgan.
Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqinda bu muddat bir haftaga qisqargan.
Shuningdek, olimlar, SOVID-19 mutatsiyaga moyilligini qo‘shimcha qilishgan. Biroq, ularning fikriga ko‘ra, bu jarayon kasallikning og‘irligiga tasir qilmaydi.
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 42 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. 31 milliondan ortiq odam sog‘ayib ketgan. 1 milliondan ko‘p bemor vafot etgan.