Olimlar AstraZeneca vaksinasi va tromboz o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
Olam
−
20 mart 2021
6889Germaniya va Norvegiyalik bir-biridan mustaqil ikki guruh olimlar tadqiqotlar o‘tkazib, AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi tromboz keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi.
Olimlar tromboz va tromboemboliya shakllanishini organizmning kam holatda uchraydigan reaksiyasi bilan bog‘lashdi.
Emlashdan keyin vaksina trombotsitlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan antitanalarni yaratishga sabab bo‘lgan otoimmun reaksiyaga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislar nima uchun bunday bo‘lishi haqida aniq to‘xtamga kelmagan.
Ular emlash paytida nojo‘ya ta’sirlarning namoyon bo‘lishi faqat maxsus qon tekshiruvidan so‘ng aniqlanishi mumkinligini ta’kidlagan.
"Vaksinadan boshqa hech narsa odamlarda nima uchun bunday reaksiya paydo bo‘layotganini tushuntirib bera olmaydi", degan tadqiqot ishtirokchisi Norvegiyadagi gematologiya professori Pol Andre Xolm. Germaniyaning Grayfsvald universiteti ham norvegiyalik hamkasblarining xulosalarini tasdiqlagan.
Tananing emlashga bo‘lgan xavfli reaksiyasi alomatlari orasida nemis olimlari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘rish qobiliyatining buzilishini sanab o‘tgan.
Ma’lumot uchun, AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilib, ba’zilarning vafot etishi ortidan Yevropaning qator rivojlangan davlatlari preparatni qo‘llashni to‘xtatib qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasini qabul qilib oldi. Mamlakat jami 2,6 mln doza shunday vaksina olishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi