Oligarxlar osmoni yopilayotgan Ukrainadan qochyapti
Olam
−
14 fevral 2022
14824Ukraina ishbilarmonlari va oligarxlari mamlakatni charter reyslar bilan tark etmoqda. Kecha, 13 fevral kuni Ukraina hududidan 20 ga yaqin charter va shaxsiy samolyotlar parvoz qilgan. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar bergan.
“Yakshanba kuni Ukrainani tark etgan charter va xususiy samolyotlar orasida Rinat Axmetov va Boris Kolesnikov bor. Shuningdek, 50 kishilik shaxsiy reysga deputat, millioner Igor Abramovich buyurtma bergan”, deyilgan xabarda.
Ushbu siyosiy harakatdagi nashrning ikki manbasi va “ketish taklif qilingan” ikki shaxsga ko‘ra, samolyot Abramovichning partiyadoshlari va biznes sheriklarining qarindoshlarini Kiyevdan Venaga olib borishi kerak bo‘lgan.
Shuningdek, kamida sakkiz nafar tadbirkor Ukraina hududini avvalroq tark etgani, ular orasida deputatlar ham borligi da’vo qilinmoqda.
Avvalroq, 14 fevraldan boshlab Ukraina havo hududi G‘arb sug‘urta kompaniyalarining talabi tufayli amalda yopilayotgani aytilgandi.
Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti. AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.
O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi