Oldin va hozir: Buxorodagi yarim asrlik xaroba bog‘cha yangilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxorodagi ayanchli ahvoldagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirgandi. Bugun, 21 avgust kuni Saida Mirziyoyeva may oyida belgilangan rejalar ijrosini tekshirish uchun Buxoroga bordi. 

Tashrifdan so‘ng viloyatdagi 1938 yilda qurilgan 22,5 km uzunlikdagi “Juyzar” kanalining 10 km qismida tuproq ishlari, shundan 9 km qismida betonlashtirish ishlari to‘liq amalga oshirilgan. Yillar davomida kanalda loyqa va cho‘kindi jinslarning to‘planib borishi natijasida, uning suv o‘tkazish quvvati pasayib, 5 m³/sekundga tushib qolgan edi.

АвvaлҲозир

Kanal orqali Buxoro tumanidagi 8 ta mahalla (“Yangi turmush”, “Istiqlol”, “Sheyxoncha”, “Ko‘chko‘mar”, “Rabotak”, “Rabotiqalmoq”, “Dexcha”, “Shergiron”) hududidagi 349 ta fermer xo‘jaligining 10 677 gektar ekin maydoni, 3 250 ta xonadonning 2 810 gektar tomorqa maydoni – jami 13 487 gektar sug‘oriladigan yerlar suv bilan ta’minlanadi.

АвvaлҲозир

Shuningdek, kanal orqali “Zarafshon” suv tozalash va uzatish inshootiga suv yetkazib berilib, u yerda qayta ishlangan holda 13 706 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 

Bundan tashqari, Buxoro tumanidagi 1977 yilda qurilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, sig‘imi 240 o‘ringa yetkazildi va qo‘shimcha 100 ta yangi o‘rin yaratildi. “Shayxoncha” MFY hududidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1977 yilda 140 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Qariyb 50 yil davomida ekspluatatsiya qilingan binoning texnik holati yomonlashib, foydalanishga yaroqsiz holga kelgani sababli uni to‘liq rekonstruksiya qilish va muassasa quvvatini oshirish belgilangan. “Sheyxoncha” MFYda 3-6 yoshli 505 nafar bola mavjud bo‘lib, jami 443 nafar (87,7 foiz) bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. 7 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida (1 ta davlat, 6 ta nodavlat MTT).

АвvaлҲозир

Xususan, 140 o‘rinli 21-sonli davlat MTTda amalda 193 nafar bola tarbiyalangan, ya’ni muassasa loyiha quvvatiga nisbatan 1,4 barobar yuklama bilan faoliyat yuritgan. Qurilish davrida ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksizligini ta’minlash maqsadida muassasa tarbiyalanuvchilari vaqtinchalik 17-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh xonalariga joylashtirilgan.

АвvaлҲозир

Qurilish ishlari 10,5 mlrd so‘m homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, 240 o‘ringa yetkazilgan va qo‘shimcha 100 ta yangi o‘rin yaratilgan. Natijada hududdagi 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkazilgan.

Tahlillar bo‘yicha 2025 yilda viloyatga jami 7,4 mln nafar sayyoh tashrifi kuzatilgan, shundan 2,7 mln nafari xorijiy va 4,7 mln nafari mahalliy turistlarni tashkil etgan. Xorijiy turistlardan viloyat iqtisodiga 736,9 mln dollar qiymatida tushum qayd etilib, sohada 10,6 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2026 yilning birinchi yarmida Buxoro viloyatiga 1 mln 577 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Ularga ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga 450,5 mln dollar qiymatida tushum kuzatilgan.

Bundan 5-6 yil avval nafaqa yoshidagi turistlar soni ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yoshlar soni oshib, turistlar tarkibida ayol va erkaklar tobora mutanosiblashib, mustaqil sayohat qiluvchi yosh oilalar va kichik turistik guruhlar ulushi ortib bormoqda.

Bu tendensiya Buxoroning turistik mahsulotlarini turli yosh, qiziqish va daromad toifalariga moslashtirish, an’anaviy tarixiy va ziyorat yo‘nalishlarini ekologik, qishloq, gastronomik, tungi, faol dam olish hamda MICE turizmi bilan boyitishni taqozo etmoqda.

Yil yakuniga qadar sayyohlar sonini 9 mln nafarga, xorijiy turistlardan tushumni 1 mlrd dollarga, 2027 yilda esa sayyohlar oqimini 10 mln nafarga va tushum hajmini 1,2 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shu bilan birga, joylashtirish vositalari soni 830 taga (2026 yilda yangi 73 ta) yetkaziladi. Turizm va unga yondosh sohalarda keyingi yillarga 15 mingga yaqin ish o‘rni yaratish mo‘ljallagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing