Olaf Shols jarohat oldi
Olam
−
04 Sentabr 2023
18968Germaniya kansleri Olaf Shols joriy yilning 2 sentyabr kuni sport bilan shug‘ullanayotganda jarohat oldi. Oradan ikki kun o‘tib, bugun, 4 sentyabr kuni u o‘zining X (sobiq Twitter) akkauntida jarohatdan keyingi birinchi suratini joylashtirdi.
“Men memlarni intiqlik bilan kutyapman”, deyiladi bir ko‘zi bog‘langan, yuzining o‘ng tomonida tirnalgan kanslerning surati ilova qilingan postda.
U tuzalib ketish tilaklari uchun minnatdorlik bildirgan va fotosuratda hamma narsa aslidan yomonroq ko‘ringaniga ishontirgan.
Ma’lumot uchun, Germaniya hukumati rahbari 2 sentyabrda sport bilan shug‘ullanayotganda, ya’ni yugurish paytida yuzini urib olgan. Shundan so‘ng Shols kasallik ta’tiliga chiqqan edi. Ammo u bugun, 4 sentyabrdan boshlab o‘z ish jadvaliga rioya qilishi aytilgan.