Olaf Shols O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
15 Sentabr
7551Bugun, 15 sentyabr kuni Germaniya federal kansleri Olaf Shols O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand shahri aeroportida Germaniya hukumati rahbari Olaf Sholsni Bosh vazirning o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo‘nalishdagi masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil may oyidagi Germaniyaga tashrifi davomida Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazgandi. 2023 yil sentyabr oyida Berlinda Olaf Shols raisligida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib borgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi