Oktyabrda qariyb 5 mlrd so‘mga teng gaz o‘g‘irlandi – “O‘zneftegazinspeksiya”
Jamiyat
−
02 noyabr 2019
5762Joriy yilning oktyabr oyida Respublika bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gazdan noqonuniy foydalanish ortidan 4 mlrd 778 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zneftegazinspeksiya” Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Umuman olganda joriy yilning 1 oktyabrdan 25 oktyabrgacha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Respublika bo‘yicha 208 ta holat aniqlanib, 3 mlrd 885 mln so‘mlik 4 mln 209 ming metr kub gazdan noqonuniy ravishda foydalanib zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatida joylashgan “Zafarobod agroeksport” va “Kuvasoy shaffof oxak” korxonalarga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida jami 1 mlrd 690 mln so‘mlik, 1 mln 873 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Vayt Keramik” MCHJga qarashli chinni sexida jami 128 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Suyultirilgan gazni gaz ballonlarda aholiga tarqatishga kelsak, tadbirlar natijasida 13,1 mln. so‘mlik 3,9 tonna kamomad, 9,5 mln. so‘mlik 2,8 tonna ortiqchalik, 12,5 mln. so‘mlik 3,7 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 155,9 mln. so‘mlik 46,5 tonna iste’molchilar haqqidan urib qolish hisobiga o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, joriy yilning boshidan 2500 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari hamda syuultirilgan gazni gaz ballonlarda tarqatish bo‘yicha 200 dan ortiq holatlar aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun xujjatlar huquni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
LiveBarchasi