Oktyabr va noyabr oylarida koronavirusdan o‘lim holatlari ko‘payadi – JSST
Olam
−
14 Sentabr 2020
26778Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida Yevropada koronavirus bilan bog‘liq o‘lim soni ko‘payishini taxmin qilmoqda. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Kluj ma’lum qilgan.
"Vaziyat yanada murakkablashadi. Oktyabr va noyabr oylarida o‘lim darajasi yuqori bo‘lishini kuzatamiz", deydi Kluj.
Qayd etilishicha, Yevropada o‘lim sonining ortishiga epidemiyaning yangi to‘lqini tufayliushbu kasallikni yuqtirib oluvchilar ko‘payishi sabab bo‘ladi.
JSST oxirgi bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi antirekord o‘rnatilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida dunyo bo‘ylab 307 930 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Ularning aksariyati Hindistonda (94,3 ming), AQSHda (45,5 ming) va Braziliyada (43,7 ming) aniqlangan. Shuningdek, Ispaniya 12,1 ming va Argentinada 11,5 ming nafar yangi bemor aniqlangan.
Pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 29 millon 206 669 kishi koronavirus bilan kasallangan. Ularning 928 830 nafari vafot etgan.
O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar 47 620 nafarga yetdi. Ularning 44 002 nafari sog‘aygan, 394 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr