Oksford universiteti COVID-19'ga qarshi vaksina sinovlarini to‘xtatdi

Olam

image

Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi COVID-19'ga qarshi vaksina sinovlarini unda qatnashayotgan ko‘ngillilardan birida "yashirin holatdagi tushunarsiz kasallik" aniqlangani tufayli vaqtincha to‘xtatdi. 

"AstraZeneca kompaniyasi tomonidan sinovlar to‘xtatilganiga qaramay, AQSH rahbariyati koronavirusga qarshi vaksinani 2020 yil oxirigacha olishni rejalashtirmoqda", dedi 9 sentyabr kuni Oq uy vakili Keyli Makinani. Bu haqda Rt tomonidan xabar qilingan.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Makinani Amerika hukumatining maqsadi yil oxirigacha vaksinani qabul qilish ekanligini aytdi. 

Ishlab chiqaruvchilar dori xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun tanaffus e’lon qilishdi. Klinik sinovlarning to‘xtatilishi qancha muddat davom etishi ma’lum emas.

Vaksina avgust oyida AQSHda sinovlarning uchinchi bosqichiga kirgandi. Bundan avval, AstraZeneca sinovlari Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada boshlangan. Uni ishlab chiqarayotgan Oksford universiteti testlarni to‘xtatib turish odatiy protsedura ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, JSST AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlari to‘xtatilganini ijobiy qabul qilib, sinovlarda ishtirok etayotgan ko‘ngillilar xavfsizligi ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

vaktsina Oksford

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing