Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolov MDH PA tomonidan mukofotlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Majlis avvalida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi va uning tarkibiy tuzilmalari tadbirlaridagi faol ishtiroki, shuningdek Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun bir qator faollar, jumladan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashkilotning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Bular:

"O‘zbekiston 24"  telekanali "Tahlilnoma" axborot-tahliliy dasturi bo‘limi bosh muharriri o‘rinbosari Sergey Nazaraliyevich Aliboyev "Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" mukfoti bilan;

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri simfonik orkestri dirijyori Kamoliddin Turdimuratovich O‘rinboyev "Madaniyat va san’atni rivojlaantirishdagi xizmatlari uchun" mukofoti bilan;

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Aleksanrovna Chusovitina "Jismoniy tarbiya, sport va turizmni rivojlaantirishdagi xizmatlari uchun" mukofoti bilan;

"Usta Yusufjon naqqosh" oilaviy korxonasi naqqosh ustasi Mahamatali Yusupovich Yunusov "Madaniyat va san’atni rivojlaantirishdagi xizmatlari uchun" mukofoti bilan;

Boks bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi azosi Bahodir Isomiddin o‘g‘li Jalolov "Jismoniy tarbiya, sport va turizmni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" mukofoti bilan;

"O‘zbekiston 24" O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanali diktori Nodirxon Bahodirovich Muhammedov  "Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" mukofoti bilan taqdirlaandi.

Ularga mukoofotni Senat raisi Tanzila Norboyeva topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Oksana Chusovitina Bahodir Jalolov

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing