Oksana Chusovitina Bokuda navbatdagi muvaffaqiyatni rasmiylashtirdi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetib bormoqda. 

Bugun, 16 mart kuni reglamentga belgilanganidek, ayollar o‘rtasida tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan Oksana Chusovitina joriy turnirdan ham medal bilan qaytadigan bo‘ldi. O‘zbekistonlik sportchining ijrosini hakamlar hay’ati 14,450 ball bilan baholadi.

Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jeyd Keri Chusovitinaning natijasini yaxshilay oldi xolos. Shu tariqa Chusovitina musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan meksikalik Aleksa Moreno joy oldi.

Sport gimnastikasi. Jahon kubogi.

Ayollar, tayanib sakrash

1. Jeyd Keri (AQSH) – 14,766
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14,450
3. Aleksa Moreno (Meksika) – 14,249

O‘zbekiston vakili endi 20-23 mart kunlari Doxada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yo‘l oladi. Yangi reglamentga ko‘ra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpiadasi kvalifikatsiyasining bosqichlari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika Oksana Chusovitina

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing