Oxirgi uch hafta ichida 1 millionga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi – BMT

Olam

image

So‘nggi uch hafta ichida G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridan 1 millionga yaqin falastinlik qochib ketdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligining ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarida aytiladi. 

Hisobotda qayd etilishicha, so‘nggi uch hafta ichida kamida 1 million falastinlik Rafahni tark etib, G‘azo sektorining turli hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. 

“Anklavda xavfsiz joy yo‘qligi sababli borar joyi yo‘q falastinliklar Isroilning davom etayotgan hujumlari tufayli boshpana izlashga majbur bo‘ldi. 

Bundan tashqari, agentlik oziq-ovqat va suv yetishmasligiga e’tibor qaratdi.

“Har kuni G‘azo sektoridagi falastinliklarga yordam va himoya qilish deyarli imkonsiz bo‘lib qolmoqda”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Avvalroq, 7 may kuni Isroil armiyasi anklavning Misr bilan chegarasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktining Falastin qismi ustidan nazorat o‘rnatilgani haqida xabar bergan edi. 

26 may kuni Isroil Xalqaro jinoiy sud qaroriga zid ravishda G‘azo sektoridagi Rafah shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga hujum qildi. Isroil hujumida kamida 45 nafar falastinlik, jumladan ayollar, bolalar va qariyalar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana 249 falastinlik yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing