Oxirgi 10 yillikning eng qonxo‘r qotillaridan biri vafot etdi
Olam
−
11 may 2021
24893Fransiyada so‘nggi o‘n yilliklarning eng qonxo‘r qotillaridan biri Mishel Furnire vafot etdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bergan.
"Ardennalik manyak" laqabi bilan tanilgan Furnire 2008 yil may oyida rafiqasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
U 1987-2003 yillarda Fransiya va Belgiyada kamida yetti qiz va ayolning qotilligida aybdor deb topilgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi o‘zi bilan ko‘plab sirlarni olib ketdi — endi politsiya 2003 yilda uyidan chiqib, qaytib kelmagan 9 yoshli qizchaning qoldiqlarini topishga urinmoqda
Furnire bu qotilligi haqida bir yilcha oldin aytib bergan. Jinoyatchining sog‘lig‘i jasadni qidirishga imkon bermagan.
Qotilning puxta sxemasi bo‘lgan — u rafiqasi bilan birga qurbonlardan yo‘l ko‘rsatishini so‘ragan va ularni mashinaga taklif etgan.