Oq uyning yangi rahbari koronavirusga qarshi ikkinchi marta emlandi
Olam
−
12 yanvar 2021
3378AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi. Bayden jonli efir jarayonida emlangan. Emlash paytidagi kadrlar ABC telekanali tomonidan e’lon qilingan.
Jarayondan so‘ng u amerikaliklarga murojaat qilib, ularni niqob taqishga va ijtimoiy masofa saqlashga chaqirgan.
Saylangan Prezident, shuningdek, "vaksinani odamlarga tezroq yetkazish"ni o‘zining asosiy vazifasi deb bilishini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, 78 yoshli siyosatchi birinchi marta 2020 yil 21 dekabr kuni Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan emlangandi.
AQSH koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yuqumli kasallik mamlakatning 23 mlndan ko‘p aholisida aniqlangan. Mamlakatda 385 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yilning 14 dekabr kuni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangandi.
LiveBarchasi